Madridning “Real” klubi futbolchilari Ispaniya chempionatidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi bahs uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
AS’ning bergan ma'lumotlariga ko'ra, juma kungi mashg'ulotlarda “qaymoqranglilar” deyarli to'liq tarkib bilan shug'ullandi.
Madridliklar safida birgina jamoa himoyachisi Dani Karvaxal yakka tartibda shug'ullandi.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” – “Real” bahsi 28 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.