"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq voqealarga munosabatini bildirdi.
"Men Krishtianu bilan hali gaplashmadim. Hozircha, sizlarga hech narsa deya olmayman. Oxirgi vaqtlarda saylovlar bilan bo'ldim. Bu jarayondan chetga chiqishni istamadim.
Hammasini gazetalardan o'qidim. Hozircha menda qaror yo'q. Krishtianuda klub bilan shartnoma bor, shuning uchun u "Real" o'yinchisi. Biz u bilan gaplashib ko'ramiz, ko'ramiz, nima bilan tugar ekan.
Hozir Krishtianu o'z termasi bilan juda muhim musobaqada qatnashyapti, uni chalg'itmoqchi emasman. Nima bo'lganini bilmayman, ammo hammasi g'alati ko'rinmoqda.
Krishtianu – yaxshi yigit va haqiqiy professional. Bu voqealar g'alati ko'rinmoqda. Men u bilan gaplashaman, u hammasini aytib beradi.
Men hamma soliq to'lashi gart, degan printsipga amal qilaman. Ammo Krishtianuda soliqni yashirish maqsadi bo'lmagan. BU mish-mishlarni matbuotda o'qidim, bularning hammasi jonga tegdi", - deydi Peres.