“Boka Xuniors” yarim himoyachisi Vilmar Barrios faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qaymoqranglilar” anchadan buyon 25 yoshli kolumbiyalik futbolchiga qiziqib kelmoqda. Jamoa futbolchining shartnomasida belgilangan 21 million evro tovon pulini to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Barrios “Boka Xuniors” safida 14 ta o'yinda maydonga tushgan.