Marokashlik futbolchi nemis jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Marsel Shmelzerning jarohat olishidan so'ng Ashraf o'z iqtidorini namoyish etdi. U mavsumni zahira o'rindig'ida boshladi, lekin 26-sentyabr kunidan boshlab u barcha o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushib kelmoqda. Bundesligada u debyut golini kiritdi va 2 ta golga assistentlik ham qildi.
U "Borussiya Dortmund" tarkibida Chempionlar Ligasidagi debyut o'yinida "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yinda o'tkazdi va o'z hisobiga 3 ta golli pass yozdirib qo'ydi. Aslida Xakimi o'ng qanot himoyachisi biroq Dortmunda chap qanotda porlamoqda va kelajakda u Marseloga yaxshigina raqobatchiga aylanishi mumkin.
Shu zaylda ketsa Xakimi Karvaxalning yo'lidan yurishi mumkin. Dani bir mavsum Bundesligada "Bayer" tarkibida o'ynadi va mavsumning eng yaxshi himoyachisiga aylandi. Va "Real" uni shartnomasi bandida ko'rsatlgan 6,5 mln yevro to'lab ortga qaytargan edi.
Xuddi shunday xolat marokashlik futbolchida ham. 19 yoshli futbolchi ikki mavsumga "Borussiya"ga ijaraga berildi va kelajakda Ashrafning universalligia "Qirollik klubi"ga ko'p foyda keltirishi mumkin.
La Liga: 10-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring
Bobojonov