"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl Evropa chempionlar ligasi doirasida bo'lib o'tgan "Viktoriya"ga qarshi o'yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qildi.
Mazkur bahs uelslik futbolchi uchun "Madrid" safidagi 200-o'yin bo'ldi. Bu o'yinlarning 135tasida "Qirollik klubi" g'alaba qozongan. Beyl "Real" safidagi o'zining oltinchi mavsumida shunday natijaga erishdi. Uning "qaymoqranglilar" safidagi gollari soni 92tani tashkil qiladi.
Garetning o'yinlari musobaqalar kesimida quyidagicha ko'rinishga ega: La Liga — 134, EChL — 47, Ispaniya kubogi — 9, Klublar o'rtasidagi JCh — 4, Ispaniya superkubogi — 3 va Evropa superkubogi — 3.