«Real» prezidenti Florentino Peres ushbu hafta avvalida jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegini iste'foga chiqarib yuborishi mumkin edi.
"Qirollik klubi"ning Evropa chempionlar ligasi doirasidagi "Viktoriya"ga qarshi o'yini (2:1) klub xo'jayiniga yoqmadi. Peres bahsdan keyinoq Lopetegining iste'fosini e'lon qilmoqchi bo'lgandi. Ammo «Real» sport direktori Xose Anxel Sanches bu qarorga qarshi chiqdi va Peresni tinchlantirishga muvaffaq bo'ldi.
Shundan so'ng klub prezidenti iste'foga haqidagi qarorni «Barselona»ga qarshi o'yingacha kechiktirdi.