Shvetsiyalik futbolchining transferi muammo emas.
Bir necha kun oldin matbuotda "Real Madrid" Zlatan Ibrahimovich bilan yanvarda shartnoma imzolashi mumkin ekanligi to'g'risida xabarlar chop etgan edi. Hozirda Xulen Lopetegi jamoasi raqiblar darvozasi oldida muammolar tug'dira olmoqda, biroq gol kiritigan futbolchi yo'q. Shvetsyalikning transferi esa bu muammoaga barham berishi mumkin.
U 37 yoshda, biroq hozirda u hali hamon bombardir ekanligini isbotlab kelmoqda. U AQSHga mart oyida ko'chib o'tgan bo'lsa, 26 ta o'yinda 22 ta gol kiritdi, shuningdek, 7 ta golga assistentlik ham qilgan. To'g'ri Amerika darajasi yuqori emas.
Zlatanning shartnomasi 2019-yil dekabrda yakuniga yetadi, biroq uning transferi kichik summada xal bo'ladi va Ibra "Real"da yiliga bir yarim million yevroga teng maosh oladi ("Real"dagi eng kam maosh oluvchilardan biriga aylanadi). Boz ustiga Zlatan 2014-yilda o'zining xizmatlari "Real"ga taklif etgani ham barchaning esida.
Hozirda Benzema deyarli 2 oydan so'ng gol kiritgan bo'lsa, Mariano mavsum boshlangandan beri bitta to'p kiritdi. Agarda "Qirollik klubi" Zlatan bilan shartnoma imzolasa kam pul sarflab kattaroq foyda ko'rishi mumkin.
Bobojonov