“Portu” himoyachisi Aleks Telles faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin.
Madrid klubi futbolchini yanvarda sotib olishga tayyor. “Qirollik klubi” 25 yoshli futbolchi uchun 40 million evroni bag'ridan kechishga rozi. Bu haqda Record xabar bermoqda.
“Real” rahbariyati Tellesni jamoani tark etishi kutilayotgan Marselo o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Telles joriy mavsum 7 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urishga erishgan.