"Real" himoyachisi Marselo "Vitkoriya"ga qarshi o'yindan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.
"Lopetegi - ajoyib murabbiy. U ajoyib ish olib bormoqda. G'alaba qozonish qiyin bo'lmoqda to'g'ri, lekin siz jurnalistlar buni inqiroz deya atamoqdasiz. Siz barcha jurnalistlar jamoa muhitini buzmoqchisiz. Siz shunchaki bizni ko'ra olymayapsiz. Kiritgan golimni jismoniy mashqlar bo'yicha murabbiy Antonio Pintusga bag'ishladim. U menga yoqadi, chunki uning sochi yo'q, menda esa bor.
Men "Yuventus"dan hech qanday taklif qabul qilmadim. Mening "Real" bilan shartnomam bor. Qachonki men jamoa ramzini ko'rsatganimda, bu "Real" ekanligini tushintirishga harakat qildim. Biz har doim qaytamiz".
Bobojonov