Kecha "Santiago Bernabeu"da o'z debyutini o'tkazgan Federiko Valverde uchrashuvdan so'ng intervyu berib o'tdi.
"Men o'z debyutimdan qoniqish xosil qilmoqdaman. Asosiysi g'alaba qozondik. Bu g'alaba o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytaradi. Shu navbatda jamoadoshlarimdan juda minnatdorman, ular meni qo'llab-quvvatlashdi. Shuningdek, murabbiylar shtabiga ham rahmat.
Marseloning goli? Ajoyib gol. Yakshanba kuni "El Klassiko", bu o'yinda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz. Murabbiy jamoa g'alabasi uchun yordamini ayamaydi, biz esa uning qarorlarini xurmat qilamiz. Umid qilaman, Marseloning jarohati jiddiy emas".
Bobojonov