«Real» direktori Emilio Butrageno jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining kelajagi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Barselona»ga qarshi o'yinda jamoani Lopetegi boshqaradimi? Ha, xotirjamlik bilan. Hozir biz haqimizda ko'plab mish-mishlar yuribdi, ammo biz «Kamp Nou»dagi o'yinga biz ajoyib holatda tashrif buyuramiz. Bu juda katta motivatsiya», – dedi "qaymoqranglilar" vakili.
«Real» Chempionlar ligasining 3-turi doirasida «Viktoriya»ni mag'lub etdi (3:1) hamda 5ta bahsdan iborat g'alabasiz o'yinlar seriyasiga chek qo'ydi. Avvalroq COPE nashri, agar "Qirollik klubi" Plzen shahri jamoasini mag'lub etsa olmasa, Lopetegi iste'foga chiqarilishi va klubni Antonio Konte boshqarishi haqida ma'lumot berib o'tgandi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» – «Real» 28 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.