Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo EChL 3-turi doirasida «Viktorii» Plzen (2:1) jamoasiga qarshi kechgan o'yinda jarohat oldi.
Mehmonlar futbolchisi o'yin yakunlanishi arafasida Marseloga nisbatan qo'pol o'ynadi, shundan so'ng biroz muddat maydonda harakat qilgan braziliyalik futbolchi shifokorlar ko'magida maydondan olib chiqib ketildi.
Uning jarohati qay darajada jiddiyligi keyinroq ma'lum bo'ladi. O'yindan so'ng Marselo o'zini yaxshi his qilayotganini aytgan.
Eslatib o'tamiz, “Real” yakshanba kuni “Barselona” bilan o'ynaydi.