Muxlislar Ispaniya prokuraturasidan «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishini yopishni so'ramoqda.
Petitsiyalarga ixtisoslashgan Change.org saytida portugaliyalikning soliq idoralari oldidagi qarzini kechirish haqida talabnoma paydo bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu 2011-2014 yillar davomida jami 14,7 mln evro miqdoridagi soliqni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanmoqda.