Ispaniyaning El Pardizado de COPE tahliliy dasturi Xulen Lopetegining «Real»dagi holati borasida ma'lumot berdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "Qirollik klubi" Evropa chempionlar ligasi doirasida «Viktoriya»ga qarshi o'yinda g'alaba qozona olmasa, o'z lavozimidan ayriladi.
Bunday holatda Lopetegining o'rnini Italiya terma jamoasi, «Yuventus» va «Chelsi» klublari sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte egallaydi. La liganing 10-turi doirasida bo'ladigan "Barselona"ga qarshi o'yinga jamoani italiyalik mutaxassis tayyorlaydi.
Lopetegi JCh-2018 boshlanish arafasida "Real" bilan shartnoma imzolab, Ispaniya terma jamoasi boshqaruvidan ketgandi. «Real» hozirda Primero jadvalida 7-o'rinni, Chempionlar ligasining "G" guruhida 3-o'rinni egallab turibdi.
"Qaymoqranglilar" so'nggi 5ta o'yinda g'alaba qozona olmayapti, ularning 4tasida mag'lub bo'ldi.