"Real Madrid" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Viktoriya Plzen"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada qatnashdi.
"Ertaga bizni navbatdagi uchrashuv, maksimal natijani qayd etmoqchimiz. Men ertanggi o'yindan boshqa hech narsa haqida o'ylamapman. "Kamp Nou"da zahira o'rindig'ida o'tiramanmi? Men shuni tasdiqlashim mumkin, hozir men bu yerdaman, ertaga maydonda bo'laman.
Men qo'llarimni pastga tushirdim? Men bunday xayolga kelganim yo'q. Keling ertanggi uchrashuv faktlari va uchrashuv haqida gaplashaylik. Men OAV o'zimni jalb etmoqchi emasman. Men faqat futbolchilarim, raqib va bo'lajak o'yin haqida gapirishni xohlayman. Agar murabbiyga bosim o'tkazmoqchi bo'lsangiz, menda umuman teskarisi. "Real"ning DNKasi - jang, va men olov ichida g'olib bo'lishga harakat qilaman.
"Viktoriya Plzen" jismoniy jihatdan kuchli jamoa. Ularda ham yaxshi futbolchilar bor. "SSKA"ga uchrashuvni tomosha qildim, ular juda yaxshi harakat qilishibdi. Bizda o'zgarishlar uchun vaqt bor. Jamoa hali tirik".
CHL: 3-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring
Bobojonov