Isko Alarkon bugun "Viktoriya"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada qatnashdi.
"Men maydonga qaytganimdan juda xursandman. To'g'ri, men oldinroq safga qaytdim. Men jamoamga tezorq yordam berishni istadim, tezda jismoniy xolatimni tiklashim kerak. Men safga qaytganimdan baxtiyorman.
Ketma-ket omadsiz seriyalar haqida gapirish qiyin. Men bu yerda deyarli 6 yildan beri birgaman va shunga o'xshash og'ir damlarni birga o'tkazdim va oxir oqibat biz vaziyatni o'zgartira oldik. Shunday vaziyatlar bo'lganki, bizni tanqid qilayotganlarni yakunda og'izlarini yopib qo'yganmiz.
Men Xulenni ko'p yillardan beri bilaman. U terma jamoada fenomenal tarzda ishladi. Bu yerda ham yaxshi ishlamoqda, garchi natijalar ko'ngildagidek bo'lmasada. Xaqiqat shuki, biz uning futboldagi qarashini, g'oyasini ma'qulladik, biroq uni maydonda bu g'oyalarni ko'rsatib bera olmayapmiz. Barchasi o'z qo'limizda, vaziyatni o'zgartira olamiz.
Ronaldu sog'inamizmi? Nega men bu haqida gapirishim kerak, axir u bizning futbolchi emas. Men Beylni sog'inishim mumkin, u jarohatda paytligida, Karvaxalni sog'inaman, u jarohatdan endi qaytdi. Bizning tarkibga qarang, bizda ham uchrashuvni o'zgartira oladigan ko'plab variantlar bor. Biz bu yerda bo'lishni istamagan odamni, sog'inmaymiz".
CHL: 3-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring
Bobojonov