"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi qoniqarsiz natijalar tufayli vujudga kelgan iste'fo haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Men har kungidek, o'z ishimni bajaryapman, bu men nazorat qila oladigan ish. Agar mag'lub va tushkun kayfiyatdagi murabbiyni ko'rmoqchi bo'lsangiz, bu tomonga qaramang.
Hozir ertangi o'yin haqida o'ylayapman - boshqa hech narsa haqida. Oxirgi mashg'ul bo'lgan ishlarim - tayyorgarlik va raqibni o'rganish bo'ldi, bu mening vazifam. Hozir ayta oladigan so'zim - men hozir shu erdaman. Ertaga ham "Real" murabbiyiman", - deydi Lopetegi.
Ertaga, 23 oktyabr kuni "Real" EChL guruh bosqichi doirasida "Viktoriya Plzen" bilan o'ynaydi.