"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino klubda ishlashda davom etishini aytdi.
Avvalroq "Real" rahbariyati Xulen Lopetegining ehtimoliy iste'fosidan so'ng uning o'rnida aynan Mourinoni ko'rayotgani xabar qilingan edi. Portugaliyalik mutaxassis 2010 dan 2013 yilgacha "Real"ni boshqargan. Uning qo'l ostida madridliklar Ispaniya chempionlaigini qo'lga kiritganlar va bir martadan mamlkat Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritganlar.
"Yana "Real" murabbiyi bo'lmayman. Kelajagim shu erda va menda "MYu" bilan amaldagi shartnomam bor. Bu erda baxtiyorman. Men shartnomam oxirigacha Manchesterda bo'laman va shu erda ishimni davom ettirmoqchiman", - deydi Mourino.