"Real" sardori Serhio Ramos bugungi mashg'ulotlarda yuzaga kelgan vaziyat to'g'risida darxol twitter orqali o'z fikrini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Ramos jamoadoshi 21 yoshli Serhio Regilon bilan kelisha olmay qolib, unga zarb bilan to'p tepib yuborgan edi. Bunga nisbatan esa yosh futbolchi hech narsa deya olmadi.
Mashg'ulotdan so'ng Ramos darxol twitter orqali shunday deydi: "Turli xil ko'rinishi mumkin bo'lsa-da, bunday vaziyatlar odatiy holdir. Lekin bu uzr so'raydigan xolat emas, men bunga javob bermasligim kerak edi.
Biz doim shunday o'ynaymiz, shundaymi, Regi? Natijada jamoa Regilon bilan birga g'alaba qozonadi. Yaxshisi keling ertanggi o'yin haqida o'ylaylik".
Bobojonov