«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyada o'ziga nisbatan bo'layotgan munosabatdan norozi bo'lmoqda. Futbolchi "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan bilan telefon orqali suhbatda bu haqida gapirgan.
«Ispaniyada menga nisbatan jinoyatchidek munosabatda bo'lishmoqda. Ommaviy axborot vositalaridan boshlab», — dedi Ronaldu.
Frantsiyalik mutaxassis Portugaliya terma jamoasi futbolchisiga qo'ng'iroq qilib, undan qarorini o'zgartirishni va "Real"da qolishni so'ragan. Ispaniya prokuraturasi tomonidan qo'yilayotgan ayblov tufayli Krishtianu Madridni tark etmoqchi. Futbolchi o'zining qarori qat'iy ekani haqida "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peresga ma'lum qilgan. Ronaldu 2011-2014 yillar davomida 14,7 mln. evro soliq to'lamaganlikdan ayblanmoqda. Jumladan, futbolchi bu ishni 2010 yilda tuzgan jamoatchilik tashkiloti orqali qilgani haqida OAV xabar tarqatdi.