"Kastilya" bosh murabbiyi Solari "Real" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod.
MARCA nashri xabariga ko'ra Santiago Solari Xulen Lopetegi o'rniga asosiy da'vogar bo'lib turubdi. "Viktoriya Plzen" bilan o'yingacha 52 yoshli Lopetegini "jon saqlashi" qo'rong'u bo'lib turubdi. Balki bir necha soatlardan so'ng Florentino Peres Xulenning "pattasi"ni qo'liga tutqazishi mumkligi aytilmoqda. Lopetegi klub rahbarlarining butunlay ishonchini yo'qotgan.
Santiago Solari boshchiligidagi "Kastilya" esa Segunda Division Bda turnir jadvalining 2-o'rinida bormoqda. Hozirda klub Antonio Konte bilan ham muzokara o'tkazmoqda, biroq rahbarlar Kontening og'ir xarekteridan xavotirda va kiyinish xonasida futbolchilar bilan kelishmovchilik yuzaga keltirishidan cho'chimoqda.
Argentinalik mutaxasis "Kastilya"ning kechagi uchrashuvidan so'ng press-konferensiyasida quyidagi fikr bildirdi: "Men Kastilya murabbiyiman. Biroq biz shu yerdamiz, klubni qo'llab-quvvatlaymiz, og'ir damlarda ham", - deya fikr bildiradi sobiq "Real" futbolchisi.
Bobojonov