Ispaniya LaLigasining 9-turida “Real Madrid” o'z maydonida Levantega 1:2 hisobda mag'lub bo'ldi. Mag'lubiyatga uchragan Real bir nechta noxush ko'rsatkichlarni qayd etdi.
Jumladan, Real Levantega qarshi bahsda 13 daqiqa ichida o'z darvozasidan 2 ta gol o'tkazib yubordi. Madridliklar bilan bunday holat so'nggi bor 28 yil oldin sodir bo'lgandi. Jamoa 1990 yil aprelida LaLiga doirasida “Logrones” klubi bilan 3:3 o'ynagandi.
Shuningdek, “Real” ketma-ket 5 o'yinda g'alaba qozona olmayapti. Bundan tashqari, klub 9 yil ichida ilk marta uchta uchrashuvda ketma-ket mag'lub bo'ldi. “Levante”ga qarshi bahsda “Real” o'zining golsiz rekord seriyasini o'rnatdi. Jamoa 480 daqiqa maydonda gol ura olmadi. Bu seriyani Marselo buzishga erishdi.
Ma'lumot uchun,“Real Madrid” hisobida ayni damda 14 ochko mavjud.