«Real» futbolchilaridan biri jamoani tark etadigan bo'ldi. Himoyachi Fabiu Koentrau kelgusi mavsumni o'z vatani — «Sporting» klubida o'tkazadi. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.
«Sporting» rahbariyati 29 yoshli futbolchini 1 yilga ijaraga olish borasida «Real» bilan kelishuvga erishdi. Lissabonliklar bir necha soat ichida Fabiu Koentrau bilan shartnoma imzolangani haqida rasman ma'lumot tarqatishlari mumkin.
Himoyachi o'tgan mavsumni ham ijarada o'tkazgandi. Fabiu Koentrau «Monako» sharafini himoya qildi va Frantsiya chempionligini qo'lga kiritdi. Uning «Real» bilan shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi.