Xulen Lopetegi iste'foga chiqarilgan taqdirda "Real"ni boshqarish uchun nomzodlar orasida jamoaning sobiq futbolchisi Santyago Solari favorit bo'lib turibdi, deya xabar beradi Marca.
Manbaga ko'ra, Lopetegi EChL guruh bosqichida "Viktoriya"ga qarshi 23 oktyabr kuni bo'ladigan o'yingacha iste'foga chiqarilishi mumkin. Solrining tatsinlanishi haqida yaqin vaqtlar ichida e'lon qilinadi. Agar shunday bo'lsa Santyago bilan mavsum oxirigacha shartnoma tuziladi.
Solari ayni paytda madridliklarning o'rinbosarlar jamoasi murabbiyi bo'lib ishlamoqda. 42 yoshli mutaxassis 2016 yilda Zinedin Zidan o'rniga ushbu vazifaga tayinlangan.