"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi o'z vazifasidan ozod etilishi mumkin.
Marca nashri xabariga ko'ra, murabbiy bugunoq iste'foga chiqarilishi tahmin qilinmoqda. Oldinroq berilgan ma'lumotga ko'ra, Xulen "Viktoriya"ga qarshi o'yingacha iste'foga chiqarilmasligi ma'lum qilingan edi.
Lopetegining o'rniga asosiy nomzod sobiq "Real" futbolchisi Santiago Solari bo'lib turubdi. Hozirda Solari "Kastilya" bosh murabbiyi hisoblanadi. Undan keyingi nomzodlar Antonio Konte va Loran Blan.
AS nashri xabariga ko'ra, nomzodlar qatorida Guti ham ko'rsatilmoqda.
Bobojonov