Qishgi transfer oynasida madridning “Real” klubi jamoa etakchisini sotishi mumkin Bu haqda Football Espana xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, yanvarda “Santyago Bernabeu”ni Luka Modrich tark etishi mumkin. 33 yoshli yarim himoyachi faoliyatini yaxshigina maosh taklif qilayotgan Italiyaning “Inter” klubida davom ettirishga yaqin.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Modrich 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli pas berishga erishgan. Futbolchining “qirollik klubi” bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2020 yil nihoyasiga etadi.