«Barselona» hujumchisi Lionel Messi "Sevilya"ga qarshi o'yinda olgan jarohati tufayli 3 hafta maydonga tusha olmaydigan bo'ldi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy Tvitteri xabar tarqatdi.
«Messi tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng uning o'ng qo'lidagi bilak suyagi singani aniqlandi. Taxminan 3 hafta davomida u maydondan tashqarida bo'ladi», – deya xabar tarqatdi «Barselona» klubining Tvitterdagi rasmiy sahifasi.
Argentinalik futbolchi EChL doirasida "Inter", La liganing 10-turi doirasida "Real"ga qarshi "klasiko", Ispaniya kubogi bahsi, shuningdek, "Rayo Valekano" va "Betis"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Messi «Sevilya» himoyachisi Franko Vaskes bilan to'qnashuv oqibatida erga qo'li bilan noqulay yiqildi va mazkur jarohatni oldi.