«Real» futbolchilari jamoadoshi Pepening harakatlaridan norozi.
«Galaktikos» a'zolarining fikriga ko'ra, aynan Pepe Ronalduni jamoani tark etishga chaqirgan va PSJga chorlagan. Onda Cero xabariga ko'ra, futbolchi Ronalduga «Real» uni etarli darajada himoya qilmayotganini uqtirib, olovga moy sepgan. Chunki Pepening o'zi ham «Real»ning harakatlaridan, xususan, unga shartnoma taklif qilmaganidan norozi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 14.7 mln evro miqdoridagi soliqlarni to'lashdan bosh tortgani haqida ayblagan edi. Ayni paytda futbolchi «Real»ni tark etish niyatida.