Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi “Levante”ga qarshi uchrashuv (1:2) dagi mag'lubiyatdan keyin ham ishdan ketmaydigan bo'ldi.
Ma'lum bo'lishicha, o'yindan so'ng Lopetegi klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashgan va futbolchilar bilan gaplashib olgan. Peres so'ngra Lopetegi bilan 15 daqiqa yakkama-yakka gaplashgan.
Cadena SER nashrining xabariga ko'ra, muloqot yaxshi kayfiyatda o'tkazilgan va Lopetegi “Viktoriya” bilan o'yinga qadar ishdan ketmasligi aniq bo'lgan.