Madridning “Real” klubi jamoa yarim himoyachisi Marko Asensioni sotishga tayyor. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.
22 yoshli futbolchi undan kutilgan natijani ko'rsata olmayapti. Shu sababli jamoa futbolchini qo'yib yuborishga rozi.
“Qaymoqranglilar” futbolchini 113 million evroga sotishga tayyor. Uning transferi yanvardayoq amalga oshishi mumkin.
Futbolchining atrofidagi voqealarni PSJ, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Liverpul” diqqat bilan kuzatyapti.