"Real"ning sobiq yarimhimoyachisi, hozirda "Real Sosedad" futbolchisi Esteban Granero madridliklarga UEFA Superkubogida "MYu"ga qarshi o'yinda omad tiladi.
"Mourino - mening eng yaxshi murabbiyim, ammo "Real" "MYu"ni yutsin. Mourino qaerda ishlasa, g'alaba qozonishi to'g'ri. U yarim xarobaga aylangan "MYu"ni boshqardi va sovrinlar yuta boshladi. U supermutaxassis", - deydi Granero.