Agent Leo D’Souza odam o'g'irlash sababidan politsiyaga ariza berdi.
U "Real" hujumchisi Karim Benzemani hujum qilishda va odam o'g'irlashda ayblamoqda. Agentning so'zlariga ko'ra, odam o'g'irlashni Benzema tashkillashtirgan.
Ijrochi esa - Benzemaning yoshlikdagi do'sti Smen Tabennea bo'lgan. Souzaning so'zlariga ko'ra, uning qora mikroavtobusga tiqmoqchi bo'lganlar, bu voqeada Benzemaning haydovchisi va kommunikatsiya bo'yicha agenti Yamn Agrib ham bo'lgan. Tabanneaning aytishicha, Souza erga o'zi yiqilgan.
Agentning fikricha, odam o'g'irlshhashga urinish Benzemaning moliyaviy qiziqishlari bilan bog'liq. 33 yoshli braziliyalik uning ishlari bilan shug'ullangan, jumladan, uning "Milan"ga o'tishi haqida muzokaralari bilan ham, shuningdek turli marosimlarni tashkillashtirgan.
Souza Marokashlik homiydan 50 ming evro olib kelishi kerak bo'lgan, ammo bunday qilmagan. Uning tushuntirishicha, pullarni bojxona musodara qilgan. Benzema tarafdorlari uni pulni yashirganlikda ayblagan.
"U rostanam jiddiymi? Pff", - deb yozadi Benzema tvitterda ushbu voqeaga munosabat bildirib.
Voqea Parijda "PSJ" - "Lion" uchrashuvidan so'ng bo'lgan, o'yinda Benzema ham bo'lgan.