Londonliklar Belgiyalik futbolchini tarkibda ushlab qolish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi.
Belgiyaning HNL nashri xabar berishicha "Chelsi" Eden Azarni Angliya premyer ligasining eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi. Hozirgi kunda Premyer Ligada eng ko'p maoshni Kevin de Bruyne oladi (15 mln yevro). Yangi taklifga ko'ra "aristokratlar" Azarga yiliga 18 mln yevro maosh taklif etmoqda.
Hozircha Eden bilan muzokaralar boshlanmadi, biroq "Chelsi" allaqachon belgiyalikning agenti murojat bildirib qo'ydi. Azarning amaldagi shartnomasi 2020-yilga mo'ljallangan bo'lib, u hozirda 13,5 mln yevro maosh oladi.
Bobojonov