"Real" hujumchisi Karim Benzema yoqimsiz holatga tushib qoldi.
Frantsiyalik futbolchining sobiq agenti 8 oktyabr kuni sudga shikoyat kiritib, Karim Benzema va uning qarindoshlarini o'g'irlikda aybladi. Ayblovga ko'ra, Frantsiya chempionatining 9-turi doirasida 7 oktyabr kuni bo'lib o'tgan "PSJ" – "Lion" o'yinidan keyin odam o'g'irlashga urinish yuz bergan.
Agent va futbolchi o'rtasidagi moliyaviy masalada kelishmovchilik tufayli shunday muammo yuzaga kelgan bo'lishi mumkin, deb hisoblamoqda Mediapart nashri.
Eslatib o'tamiz, bir necha yil avval Benzema Frantsiya terma jamoasi futbolchisi Matyo Valbuenadan firibgarlik orqali pul undirishga uringanlikda ayblangandi. Keyinchalik Karim Kassatsiya sudi orqali bu ishda yutib chiqqandi.