Nemis futbolchisi "Madrid"ga ko'chib o'tgan davridan beri ilk marta eng yomon futbolini ko'rsatmoqda.
Bir necha kun oldin Toni Kroos Germaniya terma jamoasining o'yin oldi press-konferensiyasida u o'zini "Men Kazemiro emasman" - degan edi. Bu bilan futbolchi "Real Madrid" tarkibida maydondagi o'z funksiyalarini o'zgartirmoqchi emas va qora ishlarni qilishni xohlamasligiga sha'ma qilgan.
28 yoshli futbolchi "Real"ga kelganidan so'ng maydon markazini o'ziniki qilib oldi va hujumlarni boshlashda hamda hujumlarda ko'p ishtirok etib turdi. Ammo statistikaga qaraydigan bo'lsak Kroos yildan-yilga himoyaga eng kam yordam berayotgan futbolchi bo'lib kelayotgan ekan. Germaniya terma jamoasi a'zosi mavsumni juda omadsiz boshladi. Terma jamoadagi omadsizlikdan so'ng u Xulen Lopetegi qo'l ostiga yomon formada yetib keldi.
Toni Kroosning so'nggi berilgan intervyulardan so'ng "Madrid" rahbarlari va Florentino Peresni tashvishga solmoqda.
Bobojonov