Kelasi yozda PSJ hujumchisi Neymar uchun evropaning top 3 ta klubi davogarlik qiladi. Bu haqda Football Espana xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 26 yoshli braziliyalik futbolchini “Real Madrid” “Barselona” va “Manchester Yunayted” o'z safida ko'romqchi.
Ma'lumotlarga qaraganda, “qizil iblislar”ning homiylari futbolchi uchun qolgan ikki jamoadan ko'proq to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Neymar joriy mavsum 11 ta o'yinda 11 ta gol urishga erishdi va 4 ta golga assistentlik qildi.