Italiyalik mutaxassis Antonio Konte madridning “Real” klubiga javob qaytardi. Bu haqda Il Corriere dello Sport xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 49 yoshli murabbiy “qirollik klubi”ni boshqarishga rozi bo'ldi. Agar yaqin vaqt ichida jamoa Xulen Lopetegi bilan xayrlashsa.
Eslatib o'tamiz, Kontening boshqargan so'ngi klubi londonning “Chelsi” klubi hisoblanadi. U yozda jamoadan xaydalgan edi. Shuningdek u “Aretstso”, “Atalanta”, “Bari”, “Sienu”, “Yuventus” va Italiya terma jamoasida ishlagan.