19 yoshli "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi Ashraf Hakimi "Borussiya Dortmund" tarkibiga juda yaxshi kirishib ketdi.
Yosh futbolchi jamoada o'ng qanot uchun kurashda Lukash Pishchek bilan jiddiy raqobatda va dortmundliklar ustozi Lyusen Favr marokashlik futbolchining imkoniyatini yuqori baxolashni aytib o'tdi.
O'tgan mavsumda Ashraf La Ligada 9 ta o'yinda maydonga tushib 2 ta gol ham kiritishga ulgurgan edi. Ushbu mavsumda esa Xakimi "Borussiya" tarkibida so'nggi 3 ta turda maydonga tushib 2 ta gol va 2 ta golga assistentlik qildi.
Va shuning bilan birgalikda 19 yoshli himoyachi Bundesliganing sentyabr oyida eng yaxshi debyutanti deb topildi.
Bobojonov