Madridning «Real» futbol klubi amaldagi prezidenti Florentino Peres ushbu lavozimda 2021 yilgacha qoladi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Peresning prezidentlik vakolatlarini uzaytirish muqobilsiz asosda ro'y berdi, sababi boshqa nomzodlar ro'yxatdan o'tmadi. Peresning klub rahbariyati tepasida bo'lgan yillari davomida bunday holat ikki marta ro'y bergan - 2009 va 2013 yillarda.
70 yoshli Florentino Peres Madridning «Real» klubini 2000-2006 yillarda boshqargan, keyin esa 2009 yilda qayta saylangan. «Qirollik klubi» Peres davrida EChLda uch bora zafar quchgan.