Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi musobaqasi doirasida Meksikaga qarshi o'yinda (2:2) golli uzatmani amalga oshirdi. Ammo u jarima zarbasidan gol ura olmadi.
32 yoshli futbolchi terma jamoa safida Evropa chempionati, jahon chempionati va Konfederatsiyalar kubogi musobaqalarida yo'llagan so'nggi 44ta zarbaning birortasi golga aylanmadi.