«Yuventus» klubi «Bavariya» yarim himoyachisi Xames Rodrigesni qo'lga kiritish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Kolumbiyalik futbolchining huquqi «Real»ga tegishli bo'lib, u ikki mavsumdan beri myunxenliklar safida ijara asosida o'ynamoqda.
Turinliklar sport direktori Fabio Paratichi o'yinchining agenti Jorje Mendesh bilan yaxshi aloqalarga ega. Shu bois, "Yuve" Xamesni oson qo'lga kiritishi kutilmoqda.
Agar «Bavariya» ijara shartnomasidagi banddan foydalanib, yarim himoyachining transfer huquqini to'la sotib olmasa, «Yuventus» kelasi yilning yozida Xames uchun «Real»ga 70 million evro to'lashga tayyor.