"Real" yarimhimoyachisi hozirda "Bavariya"da iarada o'ynayotgan futbolchi Hames Rodriges faoliyatini A seriyada davom ettirishi mumkin.
AS xabariga ko'ra, kolumbiyalik futbolchining xizmatlariga "Yuventus" qiziqmoqda. Turinliklar Hamesni 2019 yilning yozida sotib olmoqchilar va buning uchun madridliklarga 70 mln evro to'lashga tayyorlar.
Italiya klubi sport direktori Fabio Paratichi futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan yaxshi munosabatda ekanidan foydalanib, uni turinliklar safiga olib kelmoqchi.
27 yoshli futbolchi 2017 yilning yozida "Bavariya"ga ijaraga o'tgan. Ikki yillik ijara summasi 13 mln evro. Klublar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq myunxenliklar uni 42 mln evroga sotib olishlari mumkin.