"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rahim Sterling "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
.Daily Mail xabariga ko'ra, madridliklar angliyalik vingerning transferi bo'yicha muzokaralarni faollashtirmoqchilar. "Real" vakillari Millatlar ligasida Ispaniya va Angliya o'rtasidagi uchrashuviga tashrif buyurganlar va bu uchrashuvda Sterling dubl qilgan.
"Man Siti" esa o'z futbolchisining kelajagi noma'lumligidan xavotirga tushgan. Sterlingning shartnomasi 2020 yilgacha tuzilgan va tomonlar uni uzaytirish borasida kelisha olmayaptilar.
"Siti"dagilarning xavotiri shundaki, agar futbolchi bilan shartnoma uzaytirilmasa, hozir 100 mln evrolik transfer narxi yangi yildan so'ng tushib ketishi mumkin.
Madriddagilar buni tushunadilar va agar transfer arzonroqqa tushsa, futbolchiga yuqori maosh taklif qilishga tayyorlar. Rahim hozir haftasiga 180 mln funt ishlab topmoqda.