Madridning “Real” klubida ichki nizolar vujudga kelgan. Jamoa futbolchilari ikkiga ajragan. Bu haqda Tribalfootball xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Serxi Ramos boshchiligidagi ispanlar Xulen Lopetegini jamoada qolishini xohlayapti.
Qolgan futbolchilar 52 yoshli futbolchini ketishini istashyapti. Bu futbolchilar orasida bir nechta jamoa etakchilari bor.
Jumladan Luka Modrich, Toni Kroos, Garet Beyl va jamoaning legioner futbolchilari ispaniyalik mutaxassisning ist'efosini istashmoqda.