O'tgan mavsumni «Alaves»da ijara asosida o'tkazgan «Atletiko» himoyachisi Teo Ernandes «Real»ga o'tishga yaqin turibdi.
19 yoshli futbolchining badal puli shartnomada 24 million evro sifatida ko'rsatilgan, lekin «Real» 26 million evro to'laydi. Maqsad — klublar o'rtasidagi yaxshi munosabatni saqlab qolish.
«Atletiko» ushbu summani to'rtga bo'lib oladi, deya xabar tarqatdi Marca.
«Real» Ernandesni rasman iyul oyi boshida tanishtirish kutilmoqda.