«Real» klubi Primero bahslarini boshqa mamlakatda o'tkazilishiga qarshi chiqdi.
Madridliklar Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga maktub yo'llab, La liganing 21-turi doirasidan o'rin olgan «Jirona» – «Barselona» bahsining 27 yanvar kuni Mayamida o'tkazilishiga qarshi ekanini bildirdi.
«Ispaniya chempionati doirasidagi bitta o'yin neytral maydonda o'tkazilishiga «Real Madrid» o'z roziligini bera olmaydi. Tashkilotdan bunday murojaat kelib tushganidan hayron bo'ldik. Federatsiyaning munosabati butunlay boshqacha bo'lishi kerak», – deyiladi «Real» bayonotida.