Kecha Madridning "Real" klubi navbatdagi mashg'ulotlarni o'tkazdi. Mashg'ulotlarda terma jamaodan erta qaytgan Garet Beyl ham ishtirok etdi. Beyl jarohatidan qaytgan Karim Benzema bilan birgalikda yakka tartibda shug'ullandi. Asosan bu ikki futbolchilar jismoniy mashqlarga e'tibor qaratishdi.
Yaqindagina appendetsit sabab operatsiya bo'lgan Isko allaqachon umumiy guruh mashg'ulotlarga kirishdi. Shuningdek, Luka Modrich ham terma jamoasidagi navbatdagi o'yinda ishtirok etmay klub ixtiyoriga qaytib keldi. Ikkala futbolchi ham 20-oktyabr kuni va Chempionlar Ligasi "Viktoriya"ga qarshi o'yinlarda maydonga tushishi kutilmoqda. Bu orqali futbolchilar "El Klassiko"ga eng yaxshi formada yetib borishini ko'zlashgan.
Hozirda tarkibda jarohat olib mashg'ulotlarda ishtirok etmayotgan yagona futbolchi Dani Karvaxal bo'lib turubdi.
Bobojonov