"Barselona" himoyachisi Tomas Vermalenning jarohati aniqlandi.
Unga ko'ra Tomas Belgiya terma jamoasida orttirgan jarohati sababli 6 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu orqali endilikda "Barsa" tarkibida faqatgina ikkita markaziy himoyachi Jerard Pike va Klement Langle qoldi. Oldinroq, Sami Umtiti ham uzoq muddatga safga chiqgani haqida xabar berib o'tgan edik. Tomas oldinda bo'lib o'tadigan "Sevilya" (20-oktyabr), "Inter" (24-oktyabr) va "Atletiko" (25-noyabr) uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, 28-oktyabr kuni "Barselona" o'z uyida "Real Madrid"ni qabul qiladi.
Bobojonov