Uels terma jamoasi yarimhimoyachisi Garet Beyl Millatlar ligasida Irlandiyaga qarshi o'ynamaydi.
Futbolchi milliy terma jamoasi ixtiyoridan Madridga keldi va endi tiklanish jarayonini boshlaydi. U "Real"ning "Alaves"ga qarshi o'yinida (0:1) jarohat olgan edi.
Uels termasi ustozi Rayan Giggz futbolchining jarohati unchalik jiddiy bo'lmasada, uning sog'ligiga tavakkal qilmasligini bildirgan.