Ispaniya terma jamoasining himoyachisi Serxio Ramos Millatlar ligasida Angliyaga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ertaga bizni aqlbovar qilmas jamoa bilan qiyin o'yin kutib turibdi. Angliya - qoyilmaqom terma jamoa. Biz u bilan "Uembli"da yaxshi o'yin ko'rsatdik va uyda ham shunday tsilmoqchimiz. Ular JCh-2018 yarimfinalida o'ynaganlar, kuchli jihatlari etarli.
Harri Keyn? Uning golsiz seriyasi davom etishi uchun hamma narsa qilamiz. Men raqibning hamma o'yinchilari o'yiniga qoyil qolaman. Ular APLda o'ynaydilar, jismonan kuchli, boshqa yaxshi safatlari ham ko'p. Keyin jismonan va texnik jihatdan ajralib turadi", - deydi Ramos.